REKLAMASIZ

PRAVANI
BIRINCHI URINISHDA
OLING

Biletlar, mavzular, yo'l belgilari, avtodrom mashqlari va onlayn Arena. Imtihonga tayyorlanish uchun kerakli hamma narsa bitta ilovada.

Test ekrani: javob berilgan savol
Bosh sahifa: imtihongacha kunlar va tayyorlik foizi
RASMIY SAVOL
1250+
BILET
63
AVTODROM MASHQI
12
BELGI BO'LIMI
8
TEST

JAVOB BERING.
QOIDASINI DARHOL BILING.

Javobdan keyin to'g'risi yashil, xatosi qizil bo'ladi. "Qoidasi" tugmasi savolga tegishli YHQ bandini ochadi. Ovozli tugma esa tushuntirishni o'qib beradi.

  • Haqiqiy imtihondagi kabi taymer va savollar qatori
  • Har bir javobga qoida raqami bilan izoh
  • Ovozli sharh: o'qimasdan eshitib o'rganing
Test: to'g'ri va noto'g'ri javoblar
Izoh: qoida bo'yicha tushuntirish
Natijalar: 95 foiz, o'tdingiz
Biletlar: progress va bilet holatlari
NATIJA

QAYERDA ADASHGANINGIZNI KO'RING

Har bir testdan keyin foiz, to'g'ri va xato javoblar soni hamda savollar xaritasi chiqadi. Biletlar ro'yxatida qaysi bilet yechilgani va qaysi birida xato borligi bir qarashda ko'rinadi.

Xato qilingan savollar "Xatolar" bo'limiga tushadi. Ularni alohida qayta yechasiz.

ARENA

DO'STINGIZ BILAN BELLASHING

Ikki o'yinchi bir vaqtda bir xil savollarni yechadi. Kim ko'proq va tezroq to'g'ri javob bersa, ball oladi. Onlayn raqib toping yoki do'stingizni jangga chaqiring.

  • ONLAYNTasodifiy raqib
  • DO'STHavola orqali
  • REYTINGEng zo'rlar
Arena bosh ekrani
Arena jangi: hisob va savol
3D AVTODROM

AMALIY IMTIHONGA HAM TAYYORLANING

Avtodromdagi 12 ta mashqni 3D maydonda oldindan bajarib ko'ring: STARTdan to avariya holatida to'xtashgacha. Har bir xato uchun qancha jarima ball berilishini ham bilasiz.

  • 12 ta mashq
  • Jarima ballar
  • Simulyator BETA
3D avtodrom simulyatori: START chizig'idagi mashina
Avtodromdagi 12 ta mashq ro'yxati

YANA NIMALAR BOR

IMTIHONGACHA KERAK BO'LADIGAN HAMMASI

IMTIHONGACHA 3 BEKAT

  1. IMTIHON SANASINI KIRITING

    Ilova imtihongacha qolgan kunlarni sanaydi va tayyorlik foizini ko'rsatadi.

  2. HAR KUNI TEST YECHING

    "Sizga mos savollar" xatolaringizga qarab tanlanadi. Ketma-ket kunlar seriyasini uzmang.

  3. HAQIQIY IMTIHON REJIMI

    Vaqt va xato chegarasi bilan o'zingizni sinang. O'tdingizmi, demak tayyorsiz.

KO'P SO'RALADIGAN SAVOLLAR

Yo'lchiroq nima?

Yo'lchiroq O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanish uchun ilova. Unda 1250+ rasmiy savol, 63 ta bilet, ovozli tushuntirish, sizga mos savollardan tuziladigan test va Arena rejimi bor.

Savollar va rasmlar qayerdan olingan?

Yo'lchiroq'dagi savollar va ularning rasmlari O'zbekistonning rasmiy huquqiy ma'lumotlar bazasi lex.uz'da e'lon qilingan yo'l harakati qoidalari asosida tuzilgan. Shu sababli savollar va rasmlar real imtihondagi rasmiy talablarga to'liq mos keladi.

Ilova bepulmi?

Ha, ilovaning katta qismi bepul va to'liq reklamasiz. Savollar, biletlar va boshqa bo'limlardan bepul foydalanasiz. Ovozli tushuntirish qisman bepul, to'liq foydalanish uchun arzon obuna bor.

Ovozli tushuntirish qanday ishlaydi?

Har bir savolga javob bergach, to'g'ri javob qoida va kalit so'zlar asosida ovozda tushuntiriladi. Savolni nafaqat o'qib, balki eshitib ham o'zlashtirasiz, xuddi o'qituvchi tushuntirgandek.

Arena qanday ishlaydi?

Ikki o'yinchi bir vaqtda bir xil savollarni yechadi. Ko'proq va tezroq to'g'ri javob bergan g'olib bo'ladi va reytingda ko'tariladi.

"Sizga mos savollar" oddiy testdan nimasi bilan farq qiladi?

Ilova tezligingiz, xatolaringiz va bilim darajangizni tahlil qilib, faqat sizga mos savollardan test tuzadi. U takroriy o'rganish (spaced repetition) usulida ishlaydi: savolni mustahkam o'rganmaguningizcha uni qayta-qayta beradi.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Savollar va rasmlar qurilmangizga yuklab olinadi, shuning uchun internet bo'lmasa ham test yechishingiz mumkin. Faqat Arena uchun internet kerak.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Ilova 3 tilda ishlaydi: o'zbek (lotin), o'zbek (kirill) va rus. Tilni ilova ichida istalgan vaqtda almashtirish mumkin.

Boshqa ilovalardan nimasi bilan farq qiladi?

Ovozli tushuntirish, Arenada onlayn bellashuv, o'zlashtirishingizga qarab tuziladigan test va reklamasiz interfeys bitta ilovada jamlangan. Reklama chalg'itmagani uchun asabiylashmasdan o'rganasiz.

YO'LGA CHIQING

Telefonga yuklang yoki Telegram ichida oching. Birinchi biletni bugun yeching.